O‘zbekiston va Belarus yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida o‘tayotgan MDH sammiti doirasida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Yetakchilar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.
Madaniyat, kinematografiya va sport sohasida qo‘shma tadbirlar muntazam o‘tkazib borilmoqda.
Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralarni ko‘rish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Belarus yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etdilar.
MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
- 2024-yilda davlat byudjetiga qancha soliq tushumlari tushgan?
- Oʻzbekistonda nechta OTM bor va ularda oʻqiyotgan talabalarning soni qancha?
- Shaxmat oʻynab qancha topish mumkin? Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda qancha pul ishlab olgani maʼlum boʻldi
- Davlat dasturi loyihasi muhokamasi: konseptual taklif va tavsiyalar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring