Oʻzbekiston va AQSH Prezidentlari strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldilar
23-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning muzokaralari boʻlib oʻtdi. Uchrashuv BMT bosh qarorgohida, tashkilot Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida boʻlib oʻtdi.
Yetakchilar Oʻzbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari va ustuvor yoʻnalishlarini batafsil muhokama qildilar.
Mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil 5-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi oʻtkir mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi shaxsiy hissasi va saʼy-harakatlari alohida qayd etildi.
Oʻz navbatida, AQSH yetakchisi Yangi Oʻzbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish va xalqaro nufuzni yuksaltirishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni yana bir bor qoʻllab-quvvatladi.
Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, ishbilarmonlik aloqalari faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
AQSH Prezidenti kuni kecha Oʻzbekiston yetakchisining AQSHning 50 dan ortiq yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan oʻtkazgan uchrashuv va muzokaralarining samarali natijalarini yuksak baholadi.
Fuqaro aviatsiyasi, togʻ-kon sanoati, muhim minerallar, moliya, innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.
Ushbu loyiha va kelishuvlar ikki mamlakatda oʻn minglab yangi ish oʻrinlarini yaratishi taʼkidlandi.
Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni oʻzi uchun qulay muddatda Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidenti Donald Trampning uchrashuvi ochiq, konstruktiv va doʻstona ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring