Oʻzbekiston va Albaniya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning oliy darajadagi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish doirasida Albaniya Prezidenti Bayram Begay bilan muzokara oʻtkazdi.
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini yaratish orqali sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga oʻzaro qiziqish bildirildi.
Savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, agrar va oziq-ovqat sanoati, transport va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring