O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi saralashida Afg‘onistonni tor-mor etdi
6 sentyabr kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga saralash guruh bosqichida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Afg‘oniston ustidan yirik 8:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Dastlab 13-daqiqada yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov uzoq masofadan jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan «Alaniya» hujumchisi Husayn Norchayev het-trik (47ʼ, 53ʼ, 87ʼ) qayd etdi. Shuningdek, himoyachi Alibek Davronov (36ʼ), yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov (54ʼ), hujumchi Alisher Odilov (88ʼ), himoyachi Muhammadqodir Hamroliyev (90+1ʼ) o‘z hisoblariga gol yozib qo‘yishdi. Mehmonlarning yagona golini Umid Musafi (42ʼ) urdi.
Ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston «E» guruhidan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Gonkongni 3:0 hisobida mag‘lub etgan Eron egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda Gonkong va Afg‘oniston.
9 sentyabr kuni yoshlar terma jamoasi safarda Gonkong U-23 terma jamoasi bilan uchrashsa, 12-sentyabr kuni o‘z maydonida Eron U-23 terma jamoasini qabul qiladi.
2024 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi final bosqichida 16 ta jamoa, jumladan, turnir tashkilotchisi Qatar ham ishtirok etadi. Ular orasida saralash bosqichi guruhlarining 11 ta g‘oliblari, shuningdek, ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rtta jamoa ishtirok etadi. Turnirning so‘nggi bosqichi 2024 yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring