Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyada oʻtadigan turnirda qatnashadi
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziya mamlakatida oʻtadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Jakarta mezbonlik qiladigan musobaqada U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Indoneziya, Mali va Tojikiston U-17 terma jamoalari ham ishtirok etadi.
2008-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun sentyabr oyida Ispaniyada yigʻin oʻtkazgan holda Angliya, Kanada va Marokashga qarshi oʻyinlar oʻtkazadi. Shu sababli Indoneziyadagi musobaqada 2009-yilda tugʻilgan futbolchilardan tarkib topgan U-16 termasi ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasining ushbu turnirdagi oʻyinlari sanasi quyida keltirilgan:
12-avgust
• Oʻzbekiston U-16 — Mali U-1
15-avgust
• Oʻzbekiston U-16 — Indoneziya U-17
18-avgust
• Oʻzbekiston U-16 — Tojikiston U-17
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring