O’zbekiston turizmdan yiliga 15 milliard dollar ishlab topa oladi. Agar...

O’zbekiston turizmdan yiliga 15 milliard dollar ishlab topishi mumkin. Bu ma’lumotni O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi maslahatchisi turkiyalik Sodiq Badak “O’zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o’tdi.
“Statistika bo’yicha, dunyoda 4 milliard kishi sayyohdir. Ularning ko’pchiligi o’z safarini 4 kundan 14 kungacha davom ettiradi. Aynan ular bilan qiziqishimiz lozim. Agar juda bo’lmaganda 15 million mehmonni jalb eta olsak, daromad yiliga 15 milliard dollarni tashkil etadi”, — dedi Sodiq Badak.
Shuningdek, maslahatchi yil davomidagi infratuzilmalar muhimligini ta’kidlab o’tdi.
“O’zbekiston barcha to’rt mavsumda mehmonlarni qabul qila olishi muhim, ammo buning uchun infratuzilma yaratish lozim. O’zbekiston — Markaziy Osiyo javohiri. Bunday salohiyat minaqadagi boshqa davlatlarda yo’q”, — deya ta’kidladi ekspert.
Turkiyalik mutaxassisning aytishicha, ayni paytda O’zbekiston yiliga 10 million nafargacha turistni qabul qila olishi va bundan 10 milliard dollar ishlashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring