Oʻzbekiston-Tojikiston oʻrtasidagi akademik hamkorlikning yangi sahifasi: TDIU va TDHBSDU oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro doʻstona va strategik hamkorlik aloqalari keng koʻlamli yoʻnalishlarda, shu jumladan oliy taʼlim sohasida yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Ikkala davlat rahbarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va oʻzaro ishonch, chuqur integratsiyalashgan, barqaror hamkorlikning yangi platformasi vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.

Mazkur amaliy saʼy harakatlarning natijasi oʻlaroq, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti oʻrtasida Tojikistonda ilk bor qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etilgandi. Bugungi kunda esa ushbu qoʻshma taʼlim dasturining ilk bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirilishi davlatlarning akademik hamkorligi tarixida yangi sahifa ochdi.

Tojikiston Respublikasi Xoʻjand shahrida oʻtkazilgan mazkur diplom topshirish marosimida TDIU rektori Toʻlqin Teshabayev hamda TDHBSDU rektori Muminzoda Sheroz Abdujabbor ishtirok etib, ushbu loyihaning ilmiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Ular bitiruvchilarning ikki oliy taʼlim muassasasi bazasida, zamonaviy va raqamlashtirilgan taʼlim muhitida yetuk bilim va koʻnikmalarga ega boʻlganini taʼkidladi. Shuningdek, ikki qardosh xalq oʻrtasidagi ilm-fan sohasidagi uzviy aloqalar kelajakda yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdilar.

Tadbir davomida bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalari soʻzga chiqib, oʻzlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirib, ikki mamlakat yoshlari uchun unikal xalqaro imkoniyat ekanligini bildirishdi.

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturi nafaqat mintaqaviy taʼlim makonining integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda, balki global bilimlar maydonida zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda oʻziga xos modelga aylanmoqda. Bu, oʻz navbatida, nafaqat ikki universitet, balki ikki davlat oliy taʼlim tizimi taraqqiyotining yorqin ifodasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring