Oʻzbekiston TIV Afgʻoniston va Pokistonni darhol otishmani toʻxtatishga chaqirdi

20:59 27 Fevral 2026 Jamiyat
624 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi.

“Biz tomonlarni darhol otishmani toʻxtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, — deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yoʻl bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va oʻzaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер