Oʻzbekiston tarixiy merosi Birinchi Islom sanʼati biyennalesida taqdim etiladi

Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston elchisi Ulugʻbek Maqsudov Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining oʻrinbosari Fahd al-Kanaʼan bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida tomonlar oʻrtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, ushbu sohadagi huquqiy asosni yanada kengaytirish maqsadida tegishli hujjatlarni imzolash va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Fahd al-Kanaʼan oʻzbek madaniyati va sanʼatiga, respublikadagi tarixiy va muqaddas qadamjolarga, madaniyat maskanlariga dunyoda, xususan, Saudiya Arabistonida qiziqish juda yuqoriligini alohida taʼkidladi.
Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining oʻrinbosari ikki mamlakat hududida oʻtkaziladigan yirik tadbir va anjumanlar, koʻrgazma va konferensiyalarda oʻzaro faol ishtirok etish muhimligiga eʼtibor qaratdi. Shu maʼnoda Jidda shahrida boshlanadigan Birinchi Islom sanʼati biyennalesida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirok etishidan mamnun ekanini bildirdi.
“Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan mamlakatingiz tarixiy merosining saudiyalik ixlosmandlar va xalqaro hamjamiyatga taqdim etish biz uchun katta sharaf boʻlish bilan bir qatorda, tadbirga alohida shukuh bagʻishlaydi. Ayni paytda ushbu anjuman xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Oʻzbekiston delegatsiyasi namoyish etadigan eksponatlar ularni oʻrganishga boʻlgan qiziqishning oshishiga ishonaman”, dedi Fahd al-Kanaʼan.
Birinchi Islom sanʼati biyennalesida Oʻzbekiston madaniy merosini aks ettiruvchi 17 ta eksponat namoyish etiladi. Ular qatoridan Islom olamining nodir qoʻlyozmalaridan biri - VIII asrga oid Kattalangar Qurʼonining bir necha sahifasi, Imom al-Buxoriyning XVII asrda nashrdan chiqqan mansub “Al-Jomeʼ as-Sahih” hadislar toʻplami, Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid sopol koʻza va kosalari, milliy liboslar, poyabzallar va boshqa noyob eksponatlar joy olgan.
Taʼkidlash joizki, biyennale doirasida Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekistonning madaniy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan keng ommaviy dastur tayyorlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring