Oʻzbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi

16:16 16 Iyul 2022 Sport
713 0

Foto: Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida Oʻzbeksiton ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq boʻldi. 2022-yil iyul oyi reytingiga asosan, Oʻzbekiston jahon shaxmat reytingida 19-oʻrinni egalladi. Bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari :

“Dunyo reytingini mos ravishda AQSH, Rossiya, Xitoy boshqarib bormoqda. Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar ham yuqori oʻrinlarni qayd etgan. Shunga qaramay, reytingda yurtimiz dunyo shaxmatida oʻz oʻrniga va natijasiga ega boʻlgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya va Argentina kabi davlatlaridan yuqori oʻrinda bormoqda”, — deb yozadi Alisher Saʼdullayev oʻzining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy kanalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?