Oʻzbekiston Sent-Lyusiya orol davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekiston Karib dengizining sharqiy qismidagi Sent-Lyusiya orol davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Nyu York shahrida Oʻzbekiston bilan Sent-Lyusiya mamlakati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma kommyunike imzolangan. Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Rambali imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
“Hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Karib havzasi mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam boʻldi”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 163-davlat boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring