Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala boʻldi.
Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Azizjon Kamilov, Federatsiya rahbariyati va uning hududiy vakillari ishtirok etishdi.
Yigʻilishni Oybek Kasimov olib bordi. Dastavval, shu davrgacha Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Sultonovning oʻz xohishiga koʻra yozgan arizasi koʻrib chiqildi va delegatlar tomonidan qanoatlantirildi.
Shundan soʻng yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalaga oʻtildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi - Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi Bobur Farxadovich Islamovning nomzodi federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Shu tariqa Bobur Islamov Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi raisi etib saylandi.
Maʼlumot uchun, Bobur Farxadovich Islamov 1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Faoliyatini geolog sifatida boshlagan mutaxassis yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining turli lavozimlarida samarali mehnat qildi. 2017-yildan ushbu Qoʻmita raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Tadbirda soʻz olganlar federatsiyaning yangi rahbariga mamlakatimizda eshkak eshish sporti rivojini yangi darajaga olib chiqish, Parij-2024 Olimpiadasiga imkon qadar koʻproq litsenziyalar qoʻlga kiritish va unda medallarga ega chiqishda kuch-gʻayrat va omad tilashdi. Xususan, Adham Ikramov soʻz olib, nomzod haqida iliq fikrlarni bildirdi. Unga koʻra, yangi rahbarning boy tajribasi va salohiyati evaziga federatsiya ishi yanada jonlanishi, qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishi, yaqin vaqt ichida mamlakatimizda ushbu sport ommaviyligining oshishiga ishonishini taʼkidlab oʻtdi. Oʻz oʻrnida Bobur Islamov bildirilgan ishonchni oqlashga, eshkak eshish sportini mamlakatimizda yanada ommalashtirish, sportchilarimizning xalqaro maydondagi yutuqlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga vaʼda berdi.
Shuningdek, yigʻilish davomida Azizjon Kamilov ham soʻz olib, yangi rahbarning kelgusi faoliyatiga omad tiladi. Shuning bilan, Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
- AQSH Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot onlayn radarlardan gʻoyib boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring