Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimlari uchrashdi

17:46 24 Yanvar 2024 Siyosat
643 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimi Pen Liyuan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ziroat Mirziyoyeva Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi aloqalarning ildizlari juda uzoq oʻtmishga borib taqalishi, xalqlarimizning boy tarixi va madaniyati bugun doʻstlik, oʻzaro ishonch va hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarimizga muhim asos boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Doʻst Xitoy xalqini oy taqvimi boʻyicha kirib kelayotgan Yangi yil – Chun Sze bayrami bilan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Pen Liyuan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan qaror topgan yaqin doʻstona munosabatlarni qadrlashi, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik tobora yuksalib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

Suhbat har doimgidek samimiy muhitda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?