Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi Gjegoj Pexovyak bilan muzokaralar oʼtkazdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, hukumatning xorijiy investitsiyalar boʼyicha vakolatli vakili, Iqtisodiy hamkorlik boʼyicha komissiya Hukumatlararo komissiya hamraisi bilan Gjegoj Pexovyak muzokaralar oʼtkazdi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirish, Oʼzbekiston bozoriga Polsha sarmoyalari va eng yangi texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
2022-yilning yanvar-sentabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, soʼnggi uch yilda esa Oʼzbekistonda Polsha kapitali ishtirokida tashkil etilgan qoʼshma korxonalar soni ikki barobarga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tomonlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, xususan, Oʼzbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi doirasidagi qoʼshma ishlarni davom ettirishga oʼzaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Shu nuqtayi nazardan, kelgusi yilda Komissiya yigʼilishi va biznes-forum oʼtkazish zarurligi taʼkidlandi.
Toʼqimachilik va raqamlashtirish sohasida oʼzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring