Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuniga bagʻishlangan bayramdan fotoreportaj

23:04 08 Yanvar 2024 Jamiyat
658 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tashkil topganligining 32-yilligi hamda 8-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Hukumat aʼzolari, prokuratura organlari xodimlari va faxriylari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar qatnashgan ushbu tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga yoʻllagan tabrigini Prezident maslahatchisi Doniyor Qodirov oʻqib eshittirdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimiz prokuratura organlaridagi koʻp yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh tizim faollariga yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

 Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер