Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 16-17-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibiga Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika, madaniy va gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari kiritilgan.
Tashrif doirasida davlat rahbarlari “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasining ochilish marosimida ishtirok etishadi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari xalqaro hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi va ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.
Turkmaniston Prezidenti, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring