Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Prezidenti “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring