Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasiga rais saylandi

15:42 08 Fevral 2025 Jamiyat
486 0

Bugun Toshkent davlat yuridik universitetining majlislar zalida Oʻzbekiston notariuslarining II Konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda 128 nafar delegat ishtirok etdi.

Anjuman avvalida delegatlar orasidan Sanoq komissiyasi hamda kotib saylab olindi. Shundan soʻng Notarial palataning Boshqaruv aʼzosi Vohidjon Soatov tomonidan Oʻzbekiston Notarial palatasining I konferensiyasida oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish borasida hisobotni oʻqib eshittirdi. Hisobot bir ovozdan qabul qilindi.

Konferensiya kun tartibidagi ikkinchi masala boʻyicha Oʻzbekiston Notarial palatasini 5-yil davomida boshqarib kelayotgan Dilshod Ashurov soʻzga chiqdi va amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

X

ususan, tashkil topganiga atigi 1-yil toʻlganida Notarial palata Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) ga aʼzo boʻldi. Notarial palata raisi D. Ashurov 2023-yil fevral XNIning xalqaro notarial hamkorlik komissiya vakili etib, 2023-yil iyul oyida 2024-yil uchun Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari boʻyicha Kengash prezidenti etib, 2023-yil noyabr oyida XNI Bosh Kengashi aʼzosi etib saylandi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Notarial palatasi tomonidan XNI aʼzolarining 75 tasi, yaʼni 82 foizi bilan Oʻzbekiston oʻrtasida yaqin aloqalar oʻrnatilgan Germaniya, Fransiya, Ukraina, Turkiya, Litva, Rossiya, Belarus, Xitoy, Moʻgʻuliston, Dominika Respublikasi, Braziliya, Meksika, Portugaliya, Urugvay, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Vengriya kabi davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Notarial palatasi tashabbusi bilan Turkiy tilli davlatlar Notarial palatalari tashkiloti tuzildi va Tashkilotning barcha aʼzolari oʻrtasida tegishli hamkorlik Kelishuvi imzoladi.

Xito

y davlati bilan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida hamkorlik Kelishuvi imzolandi. Ushbu hamkorlik ilgʻor chet el tajribasini notariat sohasiga joriy qilish bilan birga, Oʻzbekiston notariati tajribasini ommalashtirishga ulkan hissa qoʻshdi.

Xususan, 2023-2024-yillarda Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Xalqaro darajada 3 ta konferensiya va Oʻzbekiston notariuslarining 1-Milliy kongressi yuksak saviyada oʻtkazildi.

Bugungi kunda Notarial palata oʻziga 1113 nafar notariusni jam qilgan boʻlib, deyarli 99, 3 foiz notarius Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻz malakalarini oshirdi. Notariuslar kasbi va tizim nufuzini oshirish borasida ustuvor yoʻl xaritasi belgilab olingan. Stajyorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning malaka imtihonidan oʻtishi tahlil qilindi. 2024-yilda 60 nafar stajyor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi. Shuningdek, huquqshunoslik fakulteti mavjud barcha oliygohlar bilan memorandum imzolangan. “Boʻlajak notariuslar” klubi muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Ulardan 66 foizi notariat sohasida faoliyat olib borishni maqsad qilgan.

Yagona notarial amaliyotni joriy qilish muhim vazifadir. Umumlashtirish boʻyicha qator seminarlar oʻtkazilib, uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqildi va notariuslarga tarqatildi.

Aholining huquqiy ong va huquqiy bilimlarini oshirish, huquqiy targʻibot tadbirlarini samarali oʻtkazish muhim masaladir. Bu borada Dilshod Ashurov amalga oshirilgan keng tadbirlarga, elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlarda olib borilayotgan huquqiy targʻibot tadbirlariga alohida toʻxtalib oʻtdi. Notariuslar tomonidan aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot tashkil etilganligi, aksiya tadbirlari oʻtkazilayotganligiga eʼtibor qaratdi. Ushbu targʻibot tadbirlarining respublikamizda faoliyat yuritayotgan elektron va bosma OAVlarda yoritib borilishi haqida aytib oʻtdi.

Delegatlar hisobotni diqqat bilan tinglab, erishilgan muvaffaqiyatlarni eʼtirof etishdi.

Shuningdek, konferensiya qatnashchilari Oʻzbekiston Notarial palatasining Taftish komissiyasi raisi Sanjar Tojiddinovning Notarial palataning smetasiga koʻra mablagʻlarning toʻgʻri va maqsadli ishlatilishi, mol-mulkning saqlanishi, buxgalteriya faoliyatini yurishda qonunchilikka rioya etilishi borasida hisobotini tingladilar.

Konferensiyada tashkiliy masalalar kun tartibiga qoʻyildi.

Shunga koʻra, delegatlar tomonidan bir ovoz bilan 14 nafardan iborat boʻlgan Boshqaruv aʼzolari va Taftish komissiyasi raisi va aʼzolari saylandi. Shuningdek, Palata raisi lavozimiga shu kunga qadar notariat tizimini boshqarib kelgan Ashurov Dilshod Rustamovich rais etib saylandi.

Bundan 5-yil ilgari oʻtkazilgan Taʼsis konferensiyasida bir ovozdan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining Ustaviga muvofiq, kelgusi besh yilda Notarial palataning vazifalari belgilab olindi.

Konferensiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikromov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер