“Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi

Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, kasaba uyushmasi – fuqarolarning oʻz faoliyati yoki oʻqishi turi boʻyicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi 14 ta tarmoq kasaba uyushmasi 32,5 mingdan ziyod boshlangʻich tashkilotlarni birlashtirgan, aʼzolar soni 5.5 millionni tashkil etib, ulardan 2,5 millioni ayollar hamda 2 milliondan ortigʻi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir.
Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ushbu tuzilmalarga qoʻshimcha huquqlar berilgan. Kasaba uyushmalari ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tuzishda qatnashish, bandlik, mehnat muhofazasi masalalarida oʻzlarining fikrlarini davlat organlariga taqdimnoma shaklida kiritish kabi huquqlarga ega.
Yangi Qonun bilan 11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni, deb belgilanishi xalqimizning koʻp millionli vakillarini oʻzida birlashtirgan tizim xodimlarining hamjihatligi, birdamligini yana-da mustahkamlaydi.
Ayni damda respublikamizda Qonun bilan tasdiqlangan 25 ta bayram belgilangan boʻlib, 9 tasi dam olish kunlari, 16 tasi esa dam olmasdan nishonlanadigan kasb bayramlaridir.
Bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi MDH davlatlarida nishonlanib kelinmoqda.
Qonunning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini, eng avvalo, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yana-da samarali faoliyat yuritishni taʼminlash, tashkilot fidoyi xodimlarini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. Bu esa mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazorati taʼsirchanligini oshirishga zamin yaratadi.
Majlisda ushbu sana mehnatkashlar huquqlarining himoya qilinishiga davlat miqyosida katta eʼtibor berilayotganining yana bir ifodasi boʻlishi alohida taʼkidlandi.
Senat aʼzolari mazkur Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring