Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbar boʻldi
Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyev, Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati hamda sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati va terma jamoa murabbiylari ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibidan asosiy oʻrinni assotsiatsiya raisi saylovi egalladi. Assotsiatsiya Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mamlakat Kurash federatsiyasi rahbari Nigʻmatilla Yoʻldoshev nomzodini ilgari surdi. Adham Ilhamovich Yoʻldoshev haqida soʻzlar ekan, uning sport boshqaruvidagi boy tajribasi sport kurashlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan uning nomzodini qoʻllab-quvvatladilar va Nigʻmatilla Toʻlqinovich Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.
Yigʻilish davomida Assotsiatsiya Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha rejalar bilan tanishtirdi. Unda har bir vazn toifasida asosiy va zaxira tarkibi shakllantirilgani, ayniqsa, ayollar kurashida yoʻllanmalar sonini oshirish va yunon-rum kurashida natijadorlikni koʻtarish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, erkin kurash yoʻnalishida ichki raqobatni kuchaytirish masalalari ham koʻtarildi.
Tadbir yakunida Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbari Otabek Muhammadaliyev assotsiatsiyaning yangi rahbariyatiga faoliyatda omad tiladi. Qoʻmitasi rahbari Oʻzbekiston Prezidentining sportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha doimiy eʼtibori tufayli yangi marralarni zabt etish mumkinligini bildirgan.
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasida yangi rahbariyatning faoliyati mamlakatda sport kurashlarini rivojlantirish va xalqaro miqyosda yuqori natijalarga erishish uchun yangi qadam boʻlishi kutilmoqda. Assotsiatsiyaning yangi strategiyalari va islohotlari mamlakat sportchilari uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring