Oʻzbekiston Qatarga qarshi: bugungi oʻyin haqida nimalar maʼlum?
Bugun Dohada joylashgan Jassim Bin Hamad stadionida Jahon chempionatiga saralashning soʻnggi bosqichining 5-turida Qatar va Oʻzbekiston terma jamoalari toʻqnash keladi. Ushbu uchrashuv ikki jamoa uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Bugungi gʻalaba Qatarga umid bersa, Oʻzbekistonni AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida boʻladigan JCHga chiqishini tezlashtiradi.
Uchrashuvda koreyalik hakamlar brigadasi, Kim Jonghyok boshligidagi jamoa ishlaydi. Shuningdek, mezbonlar qizil libosda, Oʻzbekiston jamoasi oq liboslarda maydonga tushishi ham maʼlum qilingan.
Guruhdagi vaziyatga kelsak, 4 turdan soʻng Oʻzbekiston va Eron bir xil 10 ochkodan toʻplab, jadvalni boshqarib turibdi. Qatarda esa 4 ochko bor va 4-oʻrinda ketmoqda.
Oʻzbekiston hamda Qatar jamoalari 15 bor rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan. Uchrashuvlarning 9 tasida oʻzbekistonliklar gʻalaba qozongan, 4 uchrashuvda qatarliklarning qoʻli baland kelgan. Bahslarning 2 tasida durang qayd etilgan.
Soʻnggi uchrashuv ikki jamoa oʻrtasida Osiyo Kubogi doirasida kechgan edi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang qayd etilgan oʻyinda Oʻzbekiston jamoasi penaltilar seriyasida 2:3 hisobida magʻlub boʻlgandi.
Maʼlum qilinishicha, isteʼdodli hujumchi Oston Oʻrunov uchrashuvda qatnasha olmaydi. Uning oʻrniga “Neftchi” klubi futbolchisi Azizbek Amonov jalb etilgan. “Qolgan barcha futbolchilar bahsga tayyor”, deyiladi xabarda. Qatarda esa yoʻqotishlar yoʻq.
2025-yilni hamyurtlarimiz Toshkentda Qirgʻizistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Katanes shogirdlari nazariy jihatdan imkoniyatlari oʻzlari bilan teng jamoalarga qarshi navbatdagi 3 bahsda 9 ochko olishni uddalasa, 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqishi mumkin. Bu uchun forslarda ham ishonchli oʻyin boʻlishi kerak.
Qatar — Oʻzbekiston uchrashuvi 14-noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da Jassim bin Hamad stadionida start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring