Oʻzbekiston Prezidenti Zelenskiyga tabrik yoʻlladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina yetakchisi oʻzining Xʻdagi sahifasida maʼlum qildi.
Vladimir Zelenskiy Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan holda mazkur tabrik xati rasmni eʼlon qilgan.
“Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan sizni va butun Ukraina xalqini samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, davlatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaatlari yoʻlida rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, ukrain xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman”, deyilgan Oʻzbekiston Prezidentining tabrik xatida.
Zelenskiy, oʻz navbatida, Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasida samarali hamkorlikni izchil rivojlantirish hamda ikki tomonlama munosabatlarni doʻst xalqlar manfaati yoʻlida mustahkamlashga ishonch bildirgan.
“Men Ukraina hududiy yaxlitligi masalasidagi Sizning pozitsiyangizni va ukrain bolalarini Oʻzbekistonda sogʻlomlashtirishga qaratilgan insonparvar tashabbuslaringizni yuksak qadrlayman”, deb yozgan Ukraina Prezidenti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring