Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga ogʻir judolikka uchragani – buvisi, hurmatli Ogulabat edje Berdimuhamedova hayotdan koʻz yumgani munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi.
Suhbatda Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Yaqinda oʻtkazilgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, tashqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari boʻlajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring