Oʻzbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorlikning muhim natijalarini qayd etdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan sermahsul hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shu kunlarda Toshkent shahrida jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Uning kun tartibidan demokratik va ijtimoiy iqtisodiy yangilanishlarni qoʻllab-quvvatlashning samarali institutlarini rivojlantirish, gender siyosatni amalga oshirishga doir global va mintaqaviy ahamiyatga ega muhim masalalar oʻrin olgan.
Bundan tashqari, ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan birgalikda qator muhim loyihalar amalga oshirildi, Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha parlament forumi va boshqa tadbirlar oʻtkazildi.
Parlamentlararo ittifoqning yuqori darajali vakillari Oʻzbekiston yetakchisiga qoʻshma tashabbuslarni ilgari soʻrishda koʻrsatayotgan har tomonlama koʻmak uchun minnatdorlik bildirib, Yangi Oʻzbekistondagi yangilanishlar va islohotlar dasturini toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Uchrashuvda barqaror rivojlanish, demokratik qadriyatlarni ilgari surish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi maqsad va vazifalarga erishish, ittifoqning Innovatsiyalar markazi bilan hamkorlik qilish kabi yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring