O‘zbekiston Prezidenti oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligini ta’kidladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum va vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oshirgan tashrifining tarixiy yakunlari, natijada ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar soni barqaror oshib bormoqda. Amirliklarning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli qariyb 20 milliard dollarni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston hududlarida "yashil" energetika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, kommunal va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring