Oʻzbekiston Prezidenti Yevropa Kengashi Prezidenti bilan muzokara oʻtkazdi
2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Choʻlponota shahriga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi koʻrib chiqildi.
Yevrokengash Prezidenti Sharl Mishel davlatimiz rahbarini Konstitutsiya boʻyicha referendumning natijalari bilan samimiy qutlab, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlar dasturini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi hamda boʻlajak muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.
Tomonlar 2022-yil oktyabr oyida Toshkent shahrida oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama muloqot va almashinuvlarda yuqori surʼat kuzatilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ushbu davrda Oʻzbekistonda Mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha birinchi konferensiya, navbatdagi Fuqarolik jamiyati forumi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Oʻzbekistonning YEI davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari portfeli 20 milliard yevrodan ortdi.
Oʻzbekiston va YEI yetakchilari ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish va hajmini oshirish, “GSP+” imtiyozli savdo tizimining amal qilish muddatini uzaytirish, samarali transport yoʻnalishlari, eng avvalo, Transkaspiy tranzit yoʻlagini rivojlantirish, “yashil” energetika, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, ekologiya, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida toʻxtaldilar.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Afgʻoniston boʻyicha maslahatlashuvlarni va ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring