Oʻzbekiston Prezidenti AQShdagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifini yakunlar ekan, an’anaga ko‘ra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.
Norasmiy muhitda o‘tgan samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda vatandoshlar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilindi.
Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan vatandoshlar va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan "Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni"ga start berildi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va ta’lim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQSHning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatimizda marketpleyslarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarga Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakatimiz vazirlik va idoralari tomonidan puxta o‘rganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston Prezidenti AQShda "El-yurt umidi" stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida e’tibor qaratdi. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini ona yurtda qo‘llash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarga o‘qishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, davlatimiz yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, Vatanimiz ravnaqiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring