O‘zbekiston Prezidenti "Air Products" bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga amaliy tashrifining navbatdagi uchrashuvi "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan bo‘ldi.
"Air Products" sanoat gazlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 63 milliard AQSH dollaridan ortiq. Har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida 200 million tonna sanoat gazlarini ishlab chiqaradi hamda 750 ga yaqin ishlab chiqarish obyektlarini boshqaradi.
O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ayni paytda kompaniyaning mamlakatimizga investitsiyalari 1 milliard dollardan oshdi. "GTL" zavodida sanoat gazlarini qayta ishlash, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida vodorod, "Navoiyzot"da suyuq karbonat angidrid ishlab chiqarish, Shokli muzlatish markazini tashkil etish kabi loyihalar amalga oshirildi.
Buxoroda gaz-kimyo majmuasini barpo etish, ko‘mirni gazlashtirish, ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga ahdlashib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring