Oʻzbekiston notariuslari delegatsiyasi Moʻgʻulistondagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi
Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida mamlakat notariat tizimi tashkil etilganiga 100-yil toʻlishi munosabati bilan tantanali tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Notariat sohasidagi koʻplab xalqaro mutaxassis va tashkilotlarni birlashtirgan ushbu tadbir doirasida xalqaro uchrashuvlar va konferensiyalar tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) Osiyo ishlari komissiyasining XV Yalpi yigʻilishi hamda sohaga oid qator dolzarb mavzularda uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda Notarial palata raisi Dilshod Ashurov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiya ham faol ishtirok etdi.

Tadbirlar xalqaro konferensiya bilan boshlandi. Unda “Notariat sohasida qonunchilikni takomillashtirish tendensiyalari” mavzusida maʼruzalar tinglandi. Dilshod Ashurov “Oʻzbekiston notariuslari tomonidan mediatsiyani amalga oshirish amaliyoti” mavzusida taqdimot qildi. Mediatsiya sohasida turli davlatlarning tajriba va yondashuvlari muhokama qilindi.
Keyingi kuni XNI Osiyo ishlari komissiyasining XV Yalpi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiyaga aʼzo davlatlar vakillari 2024–2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi. Yigʻilish chogʻida boshqaruv tizimi va vakolat muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi hamda yangi rahbarlar nomzodlari belgilandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan “Masofaviy notarial harakatlarni huquqiy tartibga solish va amalda joriy etish” mavzusida taqdimot taqdim etildi. Unda raqamli notariat xizmatlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar bayon qilindi.
Taʼkidlandiki, bunday xalqaro forumlar notariat sohasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va ilgʻor amaliyotlarni joriy etishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring