O’zbekiston mudofaa vaziri XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o’rinbosari bilan uchrashdi

O’zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Pekinda XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o’rinbosari Chjan Yusya bilan uchrashdi.
“Ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilgandan buyon o’zaro do’stlik, hamkorlik va umumiy muvaffaqiyat printsiplari qo’llab-quvvatlanmoqda. Xitoy O’zbekistonni ikki davlat rahbarlari o’rtasida erishilgan konsensuslarni hayotga tatbiq etish uchun “Bir makon, bir yo’l” qurilishi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida aloqalar va muvofiqlashtirishni, siyosiy va strategik o’zaro ishonchni uzluksiz mustahkamlash, barcha sohalarda amaliy hamkorlikni faollashtirish, armiyalar o’rtasidagi munosabatlar va har tomonlama strategik sheriklik bo’yicha Xitoy —O’zbekiston aloqalarini boyitishda ishonchli do’st va strategik sherik sifatida ko’radi”, — dedi Ch. Yusya.
A. Azizov, o’z navbatida, Xitoy O’zbekistoning buyuk qo’shnisi ekanligini qayd etdi. Uning so’zlariga qaraganda, O’zbekiston Xitoy bilan har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishi uchun o’z sa’y-harakatlarini safarbar etayapti, Xitoy tomoni bilan hamkorlik salohiyatini o’zlashtirishga tayyor. U bu borada Qurolli kuchlar o’rtasidagi aloqalar muhim ahamiyat kasb etishini aytib o’tdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring