Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Quvayt va Urugvayga qarshi bahslar uchun tarkibi maʼlum boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga oktyabr oyidagi oʻyinlar uchun jalb etilgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Timur Kapadze ushbu bahslar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:
Darvozabonlar — Abduvohid Nematov (“Nasaf“), Botirali Ergashev (“Neftchi“), Vladimir Nazarov (“Paxtakor“).
Himoyachilar — Rustam Ashurmatov (“Istiqlol“, Eron), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf“), Farrux Sayfiyev (“Neftchi“), Muxammadqodir Hamroaliyev (“Paxtakor“), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor“), Alibek Davronov (“Nasaf“), Jahongir Oʻrozov (“Dinamo“), Odil Abdumajidov (“Shoʻrtan“), Dilshod Saytov (“Paxtakor“).
Yarim himoyachilar — Akmal Mozgovoy (“Baniyas“, BAA), Abdurauf Boʻriyev (“Paxtakor“), Odil Hamrobekov (“Traktor“, Eron), Aziz Gʻaniyev (“Al-Batayex“, BAA), Umarali Rahmonaliyev (“Sabah“, Ozarbayjon), Hojimat Erkinov (“Paxtakor“), Otabek Shukurov (“Baniyas“, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi“), Oston Oʻrunov (“Persepolis“, Eron), Abbosbek Fayzullayev (“Bashakshexir“, Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (“OKMK“), Anvar Hojimirzayev (“Dinamo“).
Hujumchilar — Rustam Turdimurodov (“Surxon“), Igor Sergeyev (“Paxtakor“), Eldor Shomurodov (“Bashakshexir“, Turkiya).

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini 6-oktyabr sanasidan start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring