Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2 karra jahon chempioniga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

16:43 05 Sentyabr 2025 Sport
1323 0

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga jiddiy hozirlik koʻrayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu oʻyin 13-oktyabr sanasida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtadi.

Taʼkidlash kerakki, bungacha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Urugvay terma jamoasi bilan 2-marta oʻzaro oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan.

Dastlabki bahs 2018-yilgi jahon chempionati oldidan Urugvay poytaxti Montevideo shahrida boʻlib oʻtgan. Qizigʻi, unda ham terma jamoamizni Timur Kapadze boshqargan. Mazkur oʻyinda Luis Suares, Xose Mariya Ximenes va De Arraskaeta tomonidan kiritilgan gollar evaziga mezbonlar 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Ikkinchi bahs 2019-yilning 22-mart sanasida Xitoy mezbonligi ostida oʻtgan “China Cup” musobaqasi doirasida oʻtkazilgan. Ushbu oʻyinda ham Urugvay terma jamoasi 3:0 hisobida zafar quchgan. Gollarga “Jirona” futbolchisi Kristian Stuani (2 ta) va “PSV” aʼzosi Gaston Pereyro mualliflik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер