O‘zbekiston milliy metrologiya institutining rivojlanish yo‘lidagi qadamlari

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Global sifat infratuzilma indeksida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bunda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining hissasi katta bo‘lib, institut tomonidan milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2024-yilda institut tomonidan «Suyuqliklarning elektr o‘tkazuvchanligi birligi» etaloni xarid qilinib, milliy etalonlar soni 30 taga yetkazildi. 2025-yilda esa 70,7 mlrd so‘mlik 9 ta yangi etalon xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, tegishli texnik topshiriqlar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida qiymati 32 mln so‘mlik 2 ta o‘lchash vositalari va yordamchi uskunalar sotib olindi.
O‘zbekistonning Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosiga (BIPM) a’zo bo‘lishi uchun tegishli qonun va qaror loyihalari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. Shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq 20 ta milliy standartni joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, 7 tasi tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti BIPM bazasida kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini (SMS) ro‘yxatga olish maqsadida 3 ta xalqaro solishtirish loyihasida ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, Germaniyaning Fizika-texnika instituti (PTB) bilan 1,5 mln dollarlik «Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.
Institutda 9 nafar mutaxassis PhD ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, 6 nafar xodim Chexiya, Rossiya va Xitoydagi yetakchi metrologiya markazlarida malaka oshirdi. Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish bo‘yicha 0,64 mln dollarlik loyiha taqdim etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand filialidagi laboratoriyalar akkreditatsiya doirasini kengaytirish ishlari olib borildi. Shuningdek, gaz qorishmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha innovasion laboratoriya tashkil etish maqsadida loyiha ishlab chiqildi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro darajadagi nufuzini yanada oshirish va mamlakatimizda aniq o‘lchashlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha izchil harakatlarni davom ettirmoqda.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring