Oʻzbekiston meva-sabzavotlar eksportidan 2,1 milliard dollar ishlab oldi

14:25 02 Fevral 2026 Jamiyat
289 0

2025-yilda Oʻzbekiston xorijga qiymati 2,1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 million tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Eksport qilingan meva-sabzavotlar tarkibi boʻyicha taqsimlanganda eng katta ulush meva va rezavorlar hissasiga toʻgʻri kelib, jami 628,5 ming tonnani tashkil etgan.

Shuningdek, sabzavotlar 582,5 ming tonna, tarvuz-qovun 233,6 ming tonna, mosh 148,2 ming tonna, yeryongʻoq va yongʻoqlar 29,3 ming tonna hamda boshqa mahsulotlar 540,5 ming tonna eksport qilingan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, eksport qiymati 2024-yilning mos davriga nisbatan 36,9 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 6,3 foizni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер