Oʻzbekiston kubogi: gʻoliblar aniqlandi

17:17 01 Dekabr 2022 Sport
887 0

Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq, Taekvondo ITF ygʻnalishi boʻyicha yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi 24 — 27-noyabr kunlari Toshkent shahrining “Yunusobod sport majmuasi”da oʻtkazildi.

Kubokda sportchilar Taekvondo ITFning shaxsiy massogi , jamoaviy massogi va shaxsiy tul, seldefens yoʻnalishilari boʻyicha oʻzaro bahslashdilar. Sportni rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Hasanov boshchiligida oʻtkazilgan ushbu musobaqada 3000 ga yakin sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. 

Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoa aʼzolari yana bir bor koʻrikdan oʻtkazilib,  2022-yil 8 — 12-dekabr kunlari Minsk shahrida bulib oʻtadigan Jahon kubogiga va 2023-yil 13-14-avgust kunlari ASSHda rejalashtirilgan xalqaro turniri chempionatiga saralab olindi.

Umumjamoa hisobida oʻrinlar taekvondochilar orasida quyidagicha taqsimlandi:

— 1-oʻrin - Toshkent viloyati

— 2-oʻrin - Toshkent shaxri

— 3-oʻrin - Buxoro viloyati

— 4-oʻrin - Surxandaryo viloyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?