Oʻzbekiston — Koreya: hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi

20:18 01 Mart 2022 Siyosat
958 0

2022-yil 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi raisi Pak Chon Su bilan uchrashdi.

Muloqotda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston — Janubiy Koreya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasining “Yangi Shimoliy siyosat” dasturi Yevroosiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, u Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan mintaqaviy strategiya bilan hamohang ekanligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda strategik sheriklikni kengaytirish, jumladan, Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimni tuzish boʻyicha muzokaralarni jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?