Oʻzbekiston xorijdan qiymati 28,9 mln dollarlik baliq va dengiz mahsulotlari xarid qildi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar oktyabr oylarida 31 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 28,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 12,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
10 oyda Oʻzbekistonga eng koʻp baliq va dengiz mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Rossiya – 5,8 ming tonna;
- Vyetnam – 3,3 ming tonna;
- Norvegiya – 1 ming tonna;
- Litva – 705,6 tonna;
- Qozogʻiston – 657,1 tonna;
- Buyuk Britaniya – 140 tonna;
- Farer orollari – 138,3 tonna;
- Boshqa davlatlar – 379,2 tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 ming tonnaga yoki 23,3 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring