Oʻzbekiston yil boshidan buyon 4 millionga yaqin mobil telefon import qildi
Eng katta import qiluvchi Xitoy boʻlib, oʻn bir oy ichida 3,1 mln dona telefon yetkazib berilgan.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qariyb 3,8 million dona mobil telefon import qilingan. Bu koʻrsatkich 2023-yildagi umumiy hajmdan ham oshib ketgan.
Yetkazib beruvchilar:
Mobil telefonlarning asosiy qismi anʼanaviy ravishda Xitoydan import qilindi. Ushbu mamlakatdan yil boshidan buyon 3,1 million dona telefon keltirilgan boʻlib, ularning 1 millioni kuz oylariga toʻgʻri kelgan.
Ikkinchi oʻrinda Vyetnam joylashgan. Ushbu davlatdan 535,5 ming dona telefon olib kelingan. Ulardan 130 ming dona qurilma kuz oylarida import qilingan. Taqqoslash uchun, faqatgina avgust oyida Vyetnamdan 66 ming dona telefon import qilingan edi.
Hindiston uchinchi oʻrinni egallab, ushbu mamlakatdan 110,7 ming dona telefon olib kirildi. Ularning 40,4 mingtasi soʻnggi uch oyda import qilingan.
Shuningdek, Gonkongdan olib kelingan telefonlar soni sezilarli oshdi. Sentyabr noyabr oylarida ushbu davlatdan 36,2 ming dona telefon import qilingan. Bu yanvar avgust oylaridagi 7 ming donalik koʻrsatkichga nisbatan bir necha barobar koʻpdir.
Yil davomida boshqa mamlakatlardan jami 5 ming dona koʻproq telefon import qilindi.
2023-yilda importning 90 foizdan ortigʻi Xitoyga toʻgʻri kelgan boʻlsa, Vyetnam va Hindiston ushbu roʻyxatda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan.
Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekistonga olib kelinayotgan mobil telefonlar sonining ortishi mamlakatda raqamli texnologiyalar va mobil aloqaga boʻlgan talabning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring