Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi
Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Qishloq xoʻjaligi, IKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalarini istiqbolli yoʻnalishlar sifatida qayd etilgan.
“Uchrashuv soʻnggida Irlandiya tomoni Oʻzbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yoʻlidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Maʼlumot uchun, Ravshan Usmanov 2023-yilning 14-noyabr kuni Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida London shahriga kelgandi. 2024-yil 16-may kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirgan. 2025-yil fevral oyida esa u bir vaqtning oʻzida mamlakatimizning birinchi elchisi sifatida Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring