Oʻzbekiston innovatsion rivojlanishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda
Oʻzbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga moʻljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasi mamlakatda ilm, texnologiya va zamonaviy ishlanmalarni iqtisodiyotga integratsiya qilishni ragʻbatlantirish orqali barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan muhim dastur hisoblanadi. 2024-yil yakunlari ushbu sohadagi jiddiy ilgarilashlar bilan yodda qoldi.
Jahon intellektual mulk tashkiloti eʼlon qilgan Global innovatsiya indeksida Oʻzbekiston 83-oʻrinni egalladi (133 davlat orasida) va mintaqadagi 10 davlat ichida toʻrtinchi oʻrinni qayd etdi. Bu esa mamlakatdagi innovatsion siyosatning amaldagi samaradorligini tasdiqlaydi.
Hisobot davrida mamlakatdagi innovatsion infratuzilma subyektlari soni 55 taga yetdi. Jumladan:
— 17 ta texnologik park,
— 19 ta biznes-inkubator va akselerator,
— 14 ta innovatsiya markazi,
— 3 ta texnologiyalar transferi markazi,
— 1 ta innovatsion klaster va venchur fond faoliyat koʻrsatmoqda.
Yangi tashkil etilgan 22 ta spin-off korxona doirasida 136 ta ish oʻrni yaratildi, 35 turdagi mahsulot va 18 turdagi yangi xizmatlar yoʻlga qoʻyildi. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish koʻrsatkichi rejaga nisbatan 113,5 foizga bajarilib, 312 ta loyiha muvaffaqiyatli bozorga chiqdi. Bundan tashqari, xususiy sektor tomonidan ilmiy-tadqiqotlarga investitsiyalar hajmi 5,5 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Tadqiqot va ishlanmalarga yoʻnaltirilgan umumiy xarajatlar 4,58 trln soʻmni tashkil etdi va bu YIMning 0,4 foiziga teng boʻldi (reja — 0,3 foiz).
2024-yilda 119 ta yangi texnologiya patentlanib, davlat roʻyxatiga olindi. Shu jumladan,
— 83 ta patent — oliy taʼlim muassasalariga,
— 28 ta — ilmiy tashkilotlarga,
— 8 ta — xususiy sektor va boshqa subyektlarga tegishli.
Yangi ish oʻrinlari soni 13 733 taga yetdi, bu rejaga nisbatan 101,7 foizlik koʻrsatkichni tashkil qiladi. Oliy taʼlimdan keyingi ilmiy izlanuvchilar soni 22 905 nafarga yetdi va shundan 11 826 nafari mustaqil tadqiqotchilar hisoblanadi.
Maqsadli koʻrsatkichlar viloyatlar kesimida ham ijobiy natijalarga erishdi, jumladan:
— innovatsiya markazlari soni — 216 ta (102,9%);
— texnologik innovatsiyaga ega sanoat korxonalari — 265 ta (101,5%);
— yangi texnologiyalar — 192 ta (103,2%);
— roʻyxatga olingan patentlar — 165 ta (201,2%);
— xalqaro hamkorlikdagi loyihalar — 92 ta (116,5%).
Ushbu raqamlar Oʻzbekistonning ilmiy-innovatsion taraqqiyot sari qatʼiy yoʻl tutayotganidan dalolat beradi. Innovatsiyalar nafaqat iqtisodiy oʻsish, balki yangi avlod tadqiqotchilari va ixtirochilarini tarbiyalashda ham muhim vosita boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring