Oʻzbekiston hukumatining ayrim sohalardagi vakolatlari qayta koʻrib chiqilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11-iyundagi majlisida deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqib, qabul qildi.
Quyi palata matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur qonun loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasining maqomi, tarkibi, uni shakllantirish tartibi, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etishga oid bir qator yangiliklar nazarda tutilyapti.
Xususan, bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va vazirlar bilan birgalikda har yarim yilda Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim etishi belgilanmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, hukumatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari qayta koʻrib chiqilmoqda.
Qonun loyihasining 4-moddasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining (vazirlik, qoʻmita, agentlik, inspeksiya) xususan, hududiy boʻlinmalar kesimidagi har birining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq, yagona tartibi hamda bir-biridan farqlovchi mezonlari belgilab berilmoqda.
Shuningdek, vazirlarning oʻzi rahbarlik qilayotgan vazirlikda ishni natijador va samarali tashkil etish, biriktirilgan soha va tarmoqlarda yagona davlat siyosatini samarali olib borish, uni rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish, yil yakunigacha maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ga erishish holati yuzasidan hisobot berish va uni ochiq eʼlon qilish kabi yoʻnalishlar boʻyicha masʼuliyati va shaxsiy javobgarligi kuchaytirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring