Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi

08:36 13 Fevral 2026 Jamiyat
303 0

Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, zilzila bugun, 13-fevral kuni soat 03:12 da qayd etilgan. Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 763 kilometr janubiy-gʻarbda joylashgan. Uning magnitudasi 5,5 teng. Tebranish 100 kilometr chuqurlikda hosil boʻlgan.

Yer qimirlashining epitsentri Afgʻoniston Vardak viloyatida, koordinatalari esa 34.45 daraja shimoliy kenglik va 68.21 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 322 kilometr.

Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 534 kilometr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер