“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK aviachiptalarga 50 foizgacha chegirmalar eʼlon qildi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar eʼlon qildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayram chegirmalari:
Individual (bir kishi) yoʻlovchilarga — 30%
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi tegishli oʻquv muassasalari tinglovchilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollejlar, litseylar oʻquvchilari va universitetlarning talabalari uchun — 40%
Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) — 50%
Pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslarga — 50%
1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun — 50%
Chernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar — 50%
Cheklovlar belgilangan muddat davomida amalda boʻlgan barcha ichki yoʻnalishlarga qoʻllaniladi.
Chegirmali chiptalarni olish uchun tegishli hujjatlar bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK markazi kassasi va aeroportlardagi kassalarga murojaat qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring