Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

15:17 08 Oktyabr 2024 Sport
371 0

Foto: OʻFA

Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tilagan.

Foto: OʻFA 

Xose Venansio Lopes Oʻzbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga koʻmaklashganini aytib, kelgusida doʻstona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanini aytgan. Shuningdek u OʻFA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. Maʼlumot uchun, U bilan tuzilgan shartnoma Jahon chempionati oxiriga qadar imzolangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?