Oʻzbekiston fuqarolari respublikaning istalgan hududidan uy-joy sotib olishi mumkin boʻladi

14:32 06 Fevral 2020 Jamiyat
1424 0

Kelgusida barcha fuqarolar istalgan hududdan uy-joy sotib olishi mumkin boʻladi. Bu haqda Oliy sud raisi oʻrinbosari Xolmoʻmin Yodgorov Xalqaro press-klubning fuqarolar va tadbirkorlarning turar joy hamda boshqa koʻchmas mulkiga boʻlgan huquqlarini taʼminlash borasidagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yoʻllariga bagʻishlangan sessiyasida gapirib oʻtdi.

“Kelgusida barcha Oʻzbekiston fuqarolarining Respublika boʻylab xohlagan joyidan uy-joy olish huquqi taʼminlanadi”, deya Yodgorovning soʻzlarini keltirmoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

Yodgorov bu aynan qaysi muddatdan boshlab yoʻlga qoʻyilishiga oydinlik kiritmagan.

Eslatib oʻtamiz, hozirda, misol uchun Toshkent shahridan boshqa hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar faqatgina yangi uy-joy sotib olishi mumkin. Ikkilamchi bozorda koʻchmas mulk sotib olish Toshkent shahrida propiskasi yoʻqlar uchun taqiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?