Oʻzbekiston fevralda eng koʻp oltin sotib olgan davlatlardan biri boʻldi
Foto: Arxiv surat
Jahon Oltin Kengashiga koʻra, 2023-yilning fevral oyida jahon markaziy banklari 51,7 tonna oltin sotib olgan. Asosiy xaridorlar qatoridan Oʻzbekiston ham joy oldi. Mamlakat ushbu oy davomida 8,1 tonna oltin sotib olgan.
Eng yirik xaridlarni Xitoy va Turkiya amalga oshirgan — mos ravishda 24,9 tonna va 22,5 tonna.
Fevral oyida eng koʻp oltin sotgan mamlakat Qozogʻiston boʻldi — 13,1 tonna.
Oʻzbekistonning oltin sotishi yoki sotib olishi asosan narxlarga bogʻliq. Markaziy bank oltin narxi oshsa sotadi, narx pasaysa sotib oladi. Fevral oyida oltin narxlari yanvarga nisbatan pastroq boʻldi. Shu sababdan ham Oʻzbekiston oltin sotishdan koʻra uni sotib olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring