Oʻzbekiston-Eron parlamentlararo doʻstlik aloqalari muhokama qilindi
Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi Anvar Tuychiyev “Eron–Oʻzbekiston” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi Javad Nikbin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, “Oʻzbekiston–Eron” va “Eron–Oʻzbekiston” parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada rivojlantirish, parlamentlar darajasida tajriba almashish va qoʻshma tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatini rivojlantirish, hududlardagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda vakillik organlari faoliyatida ilgʻor tajribani qoʻllash boʻyicha hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada ikki tomonning ham doimiy muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyorligi bildirildi.
Tomonlar parlamentlararo muloqotni muntazam davom ettirish, imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda qoʻshma tashabbuslarni roʻyobga chiqarish Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring