Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Matbuot anjumanida Sport vaziri Adham Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi litsenziyalar boʻyicha oʻz rekordini yangilab, ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta yoʻllanmaga sazovor boʻldi.
Birinchi marta jamoaviy sport turida litsenziya qoʻlga kiritildi. Fransiya maydonlarida futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi ham medallar uchun kurash olib boradi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi ilk marta kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi yoʻnalishlarida Olimpiada yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring