Oʻzbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo spikerlar konferensiyasining birinchi majlisida ishtirok etdi
2025-yil 11–12-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Islomobod shahrida boʻlib oʻtgan Parlamentlararo spikerlar konferensiyasining birinchi majlisida ishtirok etdi.
Ochilish marosimini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshlab berdi.
Pokiston Bosh vaziri oʻz nutqida mamlakatning tinchlik, diplomatik muloqot va barqaror taraqqiyot tamoyillariga sodiqligini qayd etdi. Konferensiyada Sodiq Safoyev global xatarlar davrida parlament diplomatiyasining rolini kuchaytirish, tinchlik va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash, transport-logistika yoʻlaklarini kengaytirish hamda oʻzaro ishonch va koʻp tomonlama muloqotni mustahkamlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Ushbu tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotgani, ular mintaqada iqtisodiy integratsiya, xavfsizlik va taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar yaratishi alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida tinchlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqlik ifodalangan Islomobod kommyunikesi qabul qilindi. Unda parlament diplomatiyasini kuchaytirish, iqlim oʻzgarishining oldini olish, tengsizlik va mojarolarni bartaraf etishda parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, konferensiya doirasida Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev qator davlat va xalqaro tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvlarda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, koʻp tomonlama va ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring