Oʻzbekiston davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi

05:51 07 Aprel 2024 Jamiyat
611 0

Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning “Global Partners Governance” (GPG) nodavlat notijorat tashkiloti direktori Mett Karter bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mett Karter Yangi Oʻzbekistonda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida, ayniqsa, parlamentarizmni rivojlantirish, iqtisodni liberallashtirish, taʼlim sohasini modernizatsiya qilish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi. U respublikada amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatdagi davlat boshqaruvi tizimining yanada takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatayotganini bildirdi.

Taʼkidlanishicha, “GPG” strategik tahlil va maslahat xizmatlarini koʻrsatish, davlat boshqaruvini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, tadqiqotlar va nashrlar, onlayn kurslar va treninglar xizmatini koʻrsatish kabi yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi.

“GPG” va Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi oʻrtasida 2021-2022-yillarda bir qator loyihalar amalga oshirilgan. Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdormiz”, dedi Mett Karter.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari hamda respublika davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari va stajirovkalarini tashkil etish masalasi oʻrganib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

2005-yilda tashkil etilgan “GPG” rivojlanayotgan mamlakatlarda parlamentarizm va davlat boshqaruvini rivojlantirish dasturlari hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan Britaniyaning yetakchi NNTlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ushbu tashkilot dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер